Janubiy Koreya prokuraturasi prezident Yun Sok Yolga 3-dekabr kuni harbiy holat joriy etgani sababli isyonga rahbarlik qilishda ayblov qo‘ydi. Shuningdek, u asosiy siyosiy arboblarni qamoqqa olishni rejalashtirganlikda ham ayblanmoqda.
Tergovchilar ikkinchi urinishda Janubiy Koreyaning hokimiyatdan chetlatilgan prezidenti Yun Sok Yolni isyonchilikda ayblab hibsga oldi. Bu amaldagi, lekin hokimiyatdan chetlatilgan davlat rahbarining qo‘lga olinishidagi ilk holatdir.
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol o‘z xavfsizligidan xavotirlanib, impichment ishi bo‘yicha seshanba kuni o‘tadigan birinchi rasmiy sud majlisida qatnashmaydi. Uning advokati prezidentning sudga borishi uchun shaxsiy himoya va xavfsizlik masalasi hal qilinishi kerakligini aytdi.
Seul okrug sudi mamlakatda harbiy holat joriy etilgani uchun impichment e’lon qilingan prezident Yun Sok Yolni hibsga olish orderini uzaytirdi. Tergovchilarning Yunni ushlashga bo‘lgan avvalgi urinishlari qo‘riqchilar qarshilik ko‘rsatgani sababli muvaffaqiyatsizlikka uchragandi.
Janubiy Koreyada harbiylar va qo‘riqchilar qarshilik ko‘rsatgani uchun prezidentlikdan chetlatilgan Yun Sok Yolni hibsga olish orderi muvaffaqiyatsiz kechdi. 31-dekabrda Koreya tarixida ilk bor sud amaldagi prezidentni hibsga olishga order bergandi. Yol bungacha chaqiruv qog‘ozlarini 3 marta e’tiborsiz qoldirgan.
Janubiy Koreyaning prezident Yun Sok Yol tashqi siyosatini olqishlagan va mamlakat ichidagi siyosiy kelishmovchiliklarga unchalik ahamiyat bermagan ittifoqchilari uning harbiy holat joriy etish haqidagi qaroridan hayratda qoldi, deb yozdi Reuters.
Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi prezident Yun Sok Yolga harbiy holat joriy etishga uringani uchun impichment masalasini ko‘rib chiqishni boshladi. Sudyalar uni lavozimidan chetlashtirish yoki qayta tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak. Huquq organlari Yunni isyon ko‘tarish ishi bo‘yicha so‘roqqa chaqirdi.
Janubiy Koreya parlamentida harbiy holat joriy etishga uringan prezident Yun Sok Yolga nisbatan impichment e’lon qilishda yetarlicha ovoz to‘plandi. Uning lavozimidan chetlatilishi uchun 204 deputat ovoz berdi.
Janubiy Koreya parlamenti prezident Yun Sok Yolga qarshi ayblovlarni tergov qilish uchun maxsus prokuror tayinlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi. Shuningdek, prezident davlatga xiyonat va o‘z vakolatini suiiste’mol qilish ishi bo‘yicha gumon qilinmoqda va mamlakatni tark etishi taqiqlangan.
Janubiy Koreya parlamenti prezidentga impichment e’lon qilish uchun ovoz berishda yetarlicha ovozni to‘play olmadi: hukmron partiyaning 108 deputatidan 105 nafari majlislar zalidan chiqib ketib, ovoz berishdan bosh tortdi. Muxolifat prezidentni javobgarlikka tortishga urinishlarini to‘xtatmasligini bildirdi.
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol xalqqa murojaat qilib, harbiy holat to‘g‘risidagi qarori uchun uzr so‘radi va ta’zim qildi. “Qaror dilxunlikdan qabul qilingandi”, — degan yetakchi lavozimida qolish masalasini o‘z partiyasi ixtiyoriga qoldirishini ta’kidladi.
Janubiy Koreyadagi hukmron partiya yetakchisi prezident Yun Sok Yol harbiy holat e’lon qilib, xavfsizlik xizmatlariga taniqli siyosatchilarni, jumladan, muxolifat vakillarini hibsga olishni buyurgani ma’lum bo‘lgach, hokimiyatdan chetlatilishi kerak, deb hisoblamoqda.
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol, sobiq mudofaa vaziri va ichki ishlar vaziri harbiy holat e’lon qilganlikda ayblanmoqda, politsiya surishtiruv boshladi. Avvalroq muxolifat va faollar huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgandi.
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol konstitutsiyaviy tartibni “kommunistik kuchlar”dan himoya qilish uchun harbiy holat e’lon qildi. U bunday chorani muxolifatning harakatlari tufayli qo‘llaganini aytdi, uning so‘zlariga ko‘ra, muxolifat mamlakatni inqirozga olib kirmoqchi.
Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunida Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqandning tarixiy obidalari bilan tanishdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston prezidenti o‘z rafiqasi bilan Koreya yetakchisi va uning rafiqasini kuzatib qo‘ydi.
Janubiy Koreya prezidenti rafiqasi bilan Toshkentdan Samarqandga keldi va u yerda shaharning diqqatga sazovor joylari bilan tanishadi. Ular O‘zbekiston prezidenti va birinchi xonim bilan birgalikda Registonga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston prezidenti 2025-yil Seulda “Markaziy Osiyo — Koreya” formatidagi birinchi sammitni o‘tkazish taklifini ma’qulladi. Shuningdek, davlat rahbarlari ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi.
O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari alohida strategik sheriklikni kengaytirish to‘g‘risidagi bayonotni imzoladi. Shuningdek, 17 ta hujjat imzolandi: Hyundai Rotem poyezdlari xaridi, maktablarni jihozlar bilan ta’minlash, innovatsion farmatsevtika klasterini yaratish, JST doirasida hamkorlik va boshqalar.
O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanish, yirik yuqori texnologik loyihalarni aniqlash va yangi sheriklik modelini shakllantirish yuzasidan kelishuvga erishdi.
Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Koreya prezidenti Yun Sok Yolni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting